A mne bi golubem
„
A mne bi golubem“ (ruscha: А мне бы голубем, yaʼni „Kabutar boʻlib“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2003-yil eʼlon qilingan „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga yettinchi trek oʻlaroq kiritilgan. Qoʻshiq kuyini ham, matnini ham guruh aʼzosi Pavel Artemyev yozgan. Tarona lya minor tonalligida boʻlib, sodda akkordlar qoʻllanilgani uchun havaskor gitarachilar orasida ommalashgan. Qoʻshiq uchun klip suratga olinmagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org