A. J. Gale
A. J. Gale (talaffuzi: A.J. Geyl; 1987-yil 23-fevralda tugʻilgan) — kanadalik sobiq professional xokkeychi. U faoliyatining oxirida Markaziy Xokkey Ligasining (CHL) Denver Cutthroats jamoasi tarkibida oʻynagan.
Jamoalardagi oʻyin faoliyati
Gale dastlab British Columbia xokkey ligasida Nanaimo Clippers jamoasi bilan, keyinchalik St. Cloud shtat universiteti va St. Norbert kolleji jamoalarida oʻynagan.
Gale oʻzining professional debyutini Markaziy xokkey ligasining 2009—2010-yilgi mavsumida Fort Worth Brahmas jamoasi bilan oʻtkazgan. Keyingi mavsumda u Vichita Thunderga transfer qilingan. Oʻzining uchinchi professional mavsumida Gale oʻzi Yevropa xokkeyida sinab koʻrish maqsadida erkin agent sifatida jamoadan chiqib ketib, 2011-yil 4-mayda Daniyaning Copengagen jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Mahoratli hujumchi sifatida Gale 2011—2012-yilgi mavsumda Copenhagen jamoasi bilan 14 oʻyinda 14 ochko toʻplagan. Mavsumning qolgan qismida Gale 27 oʻyinda 17 gol va 32 ochko jamgʻargan holda klubning toʻpurarlari qatoridan joy olgan.
Gale Shvetsiyadagi mavsumini yakunlaganidan soʻng Shimoliy Amerikaga qaytib, CHLning Denver Cutthroats klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan. 2012—2013-yilgi mavsumda Gale Schwab va sobiq NHL faxriysi Brad Smyth bilan birga CHLda eng yaxshi toʻpurarlar roʻyhatini shakllantirgan. Roʻyhatda Gale atigi 64 oʻyinda 46 gol bilan yetakchilik qilgan. 2013-yil 20-fevralda Gale Amerika Xokkey Ligasi filiali Lake Erie Monsters jamoasi bilan toʻrtta oʻyinda oʻynash uchun jamoaga taklif etilgan.
2013-yil 6-avgustda Gale Cutthroats jamoasi bilan ikkinchi mavsum uchun bir yillik shartnoma imzolagan.
Jamoalardagi faoliyat statistikasi
Mukofot va unvonlari
Manbalar
uz.wikipedia.org