A4Tech
A4TECH — Tayvan kompaniyasi, shaxsiy kompyuter uchun tashqi qurilmalar ishlab chiqaruvchi xususiy kompaniya.
A4TECH 1987-yilda Robert Cheng tomonidan tashkil etilgan. Kompaniyaning ilk faoliyati kompyuter sichqonchalarini ishlab chiqarishdan boshlangan. Keyinchalik esa mahsulotlar assortimenti kompyuterlarning boshqa turdagi tashqi qurilmalari bilan toʻldirilgan.
Tashkil etilgan paytdan to hozirgi kungacha kompaniya xususiy shaklda boʻlib kelgan. Egalari soni va ularning ustav kapitalidagi ulushlari oshkor etilmagan. Bundan tashqari, kompaniya foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni, savdo maʼlumotlari va boshqa moliyaviy hisoblarni eʼlon qilmaydi. Biroq, kompaniyaning rasmiy veb-saytida 2010-yilda kompaniya 80 milliondan ortiq periferik qurilmalarni sotganligini koʻrsatadi (sovdo hajmi esa pul koʻrinishida koʻrsatilmagan).
Kompaniyaning mahsulotlari MDH mamlakatlari bozorlarida 1990-yildan beri mavjud. 2012-yilda Rossiya bozoridagi savdoda A4TECH, faqat Xitoydan ortda qolib, umumiy savdo hajmi boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi. 2015-yildan boshlab, A4TECH yangi o'yin brendi - Bloody bilan o'z e'tiborini Shimoliy Amerika bozoriga qaratdi.
Mahsulotlar
Kompyuter uchun tashqi qurilmalari:
Bloody Gaming
2011-yilda A4Tech o'zining ikkinchi kompyuter o'yin brendini - Bloody Gamingni ishga tushirdi. Dastlabki mahsulotlar optik anjomlarni tashqi qurilmalarga, xususan, klaviatura va oʻyin sichqonlariga integratsiyalashga qaratilgan edi.
Las-Vegasdagi CES (2018) koʻrgazmasida Bloody Light Strike texnologiyasining uchinchi (LK Libra deb nomlangan) avlodini taqdim etdi va 2018-yil fevraligacha oʻzining toʻliq yangilangan klaviatura portfelini ishga tushirdi.
Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish Xitoyning Dongguan tumanidagi ishchilar shaharchasida joylashgan:
Xodimlarning umumiy soni 4 ming kishiga yaqin. 200 ga yaqin muhandis yangi mahsulotlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Umumiy ishlab chiqarish hajmi oyiga 3 milliondan ortiq qurilma.
Boshqaruv
Kompaniya tashkil topganidan beri uning doimiy va oʻzgarmagan rahbari Robert Cheng hisoblanadi.
Tuzilishi
Qiziqarli faktlar
2010-yilda A4TECH manipulyatorlari Rossiya Jahon kiber oʻyinlari finalining rasmiy manipulyatorlari edi
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org