A12 3




Alyuminiy sulfat, A12(SO4)3 -sulfat kislotaning alyu-miniyli tuzi, rangsiz kristall modda; oddiy sharoitda A12(SO4)318H2O oq rangli kristallogidrat holida boʻladi. 100 g suvda 36,15 g eriydi, spirtda eri-maydi. Kristallogidrat qizdirilganda asta-sekin suvini yoʻqotadi, yuqori temperaturada alyuminiy oksidi va oltingugurt gaziga parchalanadi. Ishqoriy metallarning sulfatlari bilan birikib, qoʻsh tuzlar — achchiqtoshlar hosil qiladi. Tex-nik Alyuminiy sulfat boksit yoki giltuproqqa sulfat kislota taʼsir ettirib, sof holdagi Alyuminiy sulfat esa alyuminiy gidroksidni qaynoq kon-sentrlangan sulfat kislotada eritib olinadi. Alyuminiy sulfat suv tozalash, qogʻoz ishlab chiqarish, toʻqimachilik va teri oshlash sanoatida ishlatiladi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz