Անջելինա Ջոլի
Angelina Jolie (talaffuzi: Anjelina Joli; tugʻilgan paytidagi ismi
Angelina Jolie Voight (talaffuzi: Anjelina Joli Voyt); 4-iyun 1975-yilda tugʻilgan; keyinchalik,
Angelina Jolie Pitt (talaffuzi: Anjelina Joli Pitt)) amerikalik aktrisa, rejissor, film produser va ssenariynavisdir. U koʻplab yutuqlarga, jumladan bir marta Oscar va uch marta Oltin globusga sazovor boʻlgan. Jolie Hollywoodning eng yuqori haq toʻlanadigan aktrisalaridan biridir.
Jolie aktrisa sifatida ilk marotaba otasi Jon Voight bilan birga in Lookinʼ to Get Out (1982) komedik filmida suratga tushgan. Bu filmdan oʻn yil oʻtib, Cyborg 2 (1993) filmida bosh rollardan birini ijro etdi. Keyin, Hackers (1995) filmida suratga tushdi. Uning George Wallace (1997) va Gia (1998) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. 1999-yilda Girl, Interrupted dramasidagi roli ortidan „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni oldi. Joliening Lara Croft: Tomb Raider (2001) filmida jonlantirgan videooʻyin qahramoni boʻlmish Lara Croft roli uni Hollywood aktrisasi sifatida tanilishida muhim ahamiyat kasb etdi. U jangari janridagi filmlarda rol oʻynashni davom ettirib, Janob Smith & Smith xonim (2005), Wanted (2008), Salt (2010) va The Tourist (2010) filmlarida suratga tushdi. A Mighty Heart (2007) va Changeling (2008) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan xush qarshilanib, filmlardan ikkinchisi unga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni olib keldi. Uning eng tijoriy muvaffaqiyat qozongan roli Maleficent (2014) filmi boʻldi. U oʻzini ovoz aktrisasi sifatida ham sinab koʻrdi, jumladan Kung Fu Panda (2008-hozirgacha) animatsion filmlar seriyasida Yoʻlbarsoy personajiga ovoz berdi. Jolie, shuningdek, bir nechta filmlarga rejissorlik va ssenariynavislik ham qildi, ular qatoriga In the Land of Blood and Honey (2011), Unbroken (2014) va First They Killed My Father (2017) ni kiritish mumkin.
Dastlabki hayoti
Angelina Jolie Voight 1975-yilning 4-iyunida Kaliforniya shtatining Los Angeles shahrida dunyoga kelgan, otasi — Jon Voight, onasi — Marcheline Bertrand. U aktyor James Havenning singlisi, shuningdek, qoʻshiqchi-qoʻshiqnavis Chip Taylor va geolog Barry Voightning jiyanidir. Uning choʻqintirgan ota-onasi — Jacqueline Bisset va Maximilian Schell. Otasi tarafdan, Jolie olmon va slovak ajdodlarga, onasi tarafdan esa fransuz-kanadalik, niderland va olmon ajdodlarga mansubdir.
Faoliyati
Angelina Lee Starsberg Teatr maktabini bitirigandan soʻng, London, New York va Los Angelesda professional modellik qildi.
Shaxsiy hayoti
Jolie aktyor Brad Pitt bilan birgalikda turmush qurishni rejalashtirishyapti. Angelina 2-marta turmush qurib ajrashdi. Bu 2 turmushi 3 yildan iborat boʻldi. 1996-1999-yillarida Johnny Lee Miller bilan, 2000-2003-yillar orasida esa Billy Bob Thornton bilan turmush qurgan edi. Keyinchalik, 2004-yil Janob Smith & Smith xonim filmida aktyor Brad Pitt bilan tanishdi, 2006-yilda esa Shiloh Nouvel Jolie Pittni dunyoga keltirdi. Shiloh, Brad va Angelinaning oʻz qizlari. Hozirda Angelina va Brad Shiloh va asrab olgan farzandlari Maddox, Zahara va Pax bilan bir butun oila kabi yashashmoqda. Yaqindagina Jolie reportajlarning birida 14 farzandi boʻlishini xohlagani va Brad Pitt bilan juda baxtli ekanligi haqida gapirishdi. Hozirda juftlik ajrashish yoqasida.
Filmografiyasi
Film
Televideniye
Videooʻyinlar
Musiqiy videolar
Mukofot va nomzodliklari
Qiziqarli maʼlumotlar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org