آنتونیو آدان
Antonio Adan Garrido (ispancha: Antonio Adán Garrido; 13 may 1987, Madrid) ispaniyalik futbolchi, Real Madrid darvozaboni.
Klubdagi faoliyati
„Real“ning tarbiyalanuvchisi boʻlmish Adan klubning uchinchi jamoasiga 2005-yili qoʻshildi. 2006-yilda asosiy jamoa bilan AQShga mavsumoldi safarga bordi.
2009-yilda Xorxe Kodina „Xetafe“ jamoasiga oʻtib ketgani bois birinchi jamoaga chaqirildi.
Antonio asosiy jamoadagi oʻz debyutida 2010-yil 8-dekabrda „Oser“ jamoasiga qarshi jarohat olgan Jerzy Dudek oʻrniga maydonga tushdi. Ispaniya chempionatidagi debyutini 2011-yil 13-fevraldagi „Espanyol“ga qarshi kechgan oʻyinda oʻyindan chetlatilgan Iker Casillas oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazdi. Ushbu oʻyinda u gol oʻtkazmadi va bosh murabbiy Jose Mourinhoning maqtoviga sazovor boʻldi. Keyingi turda esa asosiy tarkibda „Levante“ga qarshi maydonga tushib, 90 daqiqa oʻynadi.
2012-yil 5-mayda Ispaniya chempionatining 37-turida „Granada“ga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushib, oʻyinni toʻliq oʻtkazdi. Adan bittagina gol oʻtkazib yubordi. Oʻsha uchrashuvda „Real“ 0:1 hisobida yutkazayotgan holda hisobni tenglashtirib, biroz oʻtib yana bitta gol urgan holda gʻalabaga erishdi (2:1).
Xalqaro faoliyati
Adan 2006-yili oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti
Antonioning kumiri Pako Buyo hisoblanadi. U har doim maydonga chap oyogʻi bilan chiqib keladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org