ארגאן (עלעמענט)




Argon (Argon), Ar — elementlar davriy sistemasining VIII guruhi elementi, inert gazlar jumlasidan. Tartib raqami 18, atom massasi 39,948, birinchi marta 1894-yilda havodan ajratib olingan. Argon rangsiz va hidsiz gaz. Suyuqlanish temperaturasi 189,4°, qaynash temperaturasi 185,87°. Argon odatdagi temperaturada atomar holda boʻladi, birikish reaksiyalariga kirishmaydi. Atmos-ferada Argonning uchta barqaror izotopi bor: Ag40 (99,6%), Ag38 (0,063%), Ag36 (0,337%). Argonning bir necha sunʼiy radio-aktiv izotoplari ham olingan: Ag39 (yarim yemirilish davri 265 yil), Ag37 (yarim yemirilish davri 34 kun). U boshqa inert gazlarga qaraganda koʻproq uchraydi. Argon havoda hajm jihatdan 0,993%ni tashkil qiladi. Argonning valentli, yaʼni ionli va kovalent birikmalari olin-magan, ammo Ag .6N2O va shuning kabi bir necha molekulyar birikmasi olingan. Argon kimyo sanoatida inert muhit vujudga keltirishda, elektr lampochkalarini toʻldirishda, reklama naylarini (koʻk-havo rang shu’lalanadi) va yuqori chasto-talar texnikasida ishlatiladigan naylarni toʻldirishda qoʻllaniladi.

Argon  — unsurlar davriy jadvalining 18 unsuri, inert gaz.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz