Yunon-fors urushlari




Mil. avv. V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I hukmronlik qilayotgan

Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilgan.
Yunonistonning barcha shaharlarida fors elchilari paydo bo‘lib, ular: «Bizning hukmdorimiz, buyuk shahanshoh Doro, kunchiqardan kunbotargacha barcha mamlakatlarning birdan-bir egasi sizdan yer va suv talab qilmoqdadir», deb baralla aytishardi.
Yunonistondagi ayrim shaharlar aholisi forslarga qarshilik ko‘rsatishning sira iloji yo‘q deb hisoblab, shoh Doro I ning shartlarini qabul qilishga rozi edilar.
Afina va Sparta bosqinchilarga itoat etmaslikka ahd qildi. Fors elchilari Afinaga kelganda, shahar aholisi g‘azabdan ularni o‘ldirib, qoyadan tashlab yubordilar. Elchilarni chuqur quduqqa tashlab yuborgan spartaliklar esa zaharxandalik bilan: «Suvni ham, yerni ham quduq tubidan yetarlicha olasizlar» deyishgan ekan.
Fors shohi dastlab Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini bosib olib.

Mil. avv. 490-yil fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tdi va Attika sohiliga langar tashladi. jangchilari
Marafon tekisligiga nayza, xanjar va o‘q-yoylar bilan qurollangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari kemadan tushadilar.Yunonlar forslarga qaraganda kam sonli edi. Shuning uchun ular fors suvoriylari
Yangi urushga tayyorgarlik ketayotgan paytda Doro I vafot etdi. Yunonistonga qarshi uning o‘g‘li Kserks yurish boshladi.


Mil. avv. 480 yilda Kserks qo‘shini shimoliy Yunonistonni ishg‘ol giladi.
Tog‘lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan-bir yo‘l edi. Yunonlar o‘sha joyda pistirma qo‘yishga qaror qilishdi. Yunonlar qo‘shiniga Sparta podshosi Leonid boshchilik qilgan. U forslarning hujumlarini qaytarib turgan. Biroq bir sotqin forslarga tog‘lar orqali o‘tgan boshqa yo‘lni ko‘rsatib bergan.
Bundan xabar topdan Leonid 300 spartalikdan boshqa barcha yunon jangchilariga chekinishni buyurgan. Spartaliklarning barchasi jang maydonida qahramonlarcha halok bo‘ldi. Ushbu voqea «Uch yuz spartalik jasorati», deb tarixda mashhur bo‘lib qolgan. Fermopil jangidan keyin Kserks qo‘shinlari O‘rta Yunonistonga yetib borib, Afinani ishg‘ol qilganlar.

Yunonlar va forslar o‘rtasidagi hal qiluvchi dengiz jangi mil. avv. 480-yilda tor Salamin bo‘g‘ozida bo‘lib o‘tdi. Yunonlarda 200 ta harbiy kema – triyeralar mavjud edi. Bu kemalar qoyalar orasidan va sayoz joylardan oson suzib o‘tar, o‘sha davr uchun katta tezlikda – soatiga 18 kilometr tezlikda suza olgan.
Yunon shahar-davlatlarining birlashgan floti forslarning harbiy flotidan kuchli bo‘lgan. Yengilganidan keyin Kserks Yunonistonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Mil. avv. 479yilda forslar Afinani bosib olishga yana bir marta urinib ko‘radilar. Biroq yunonlarning birlashgan lashkari Plateya
shahri yaqinida fors qo‘shinlarini tor-mor etdi.
Bu yunon-fors urushlaridagi eng yirik jang bo‘lgan. Yunon-fors urushlari yunonlarning to‘liq g‘alabasi bilan, mil. avv. 449 yildagi sulh natijasida yakunlandi.



Tarix 6-sinf kitobidan

Mundarija


Uzpedia.uz