Temir davriga o‘tishda O‘rta Osiyoning rivojlanishi




Odamlar mis va bronzaga ishlov bergan davrlardan ko‘p asrlar o‘tib, temirdan mehnat

qurollari yasash imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu jarayon ancha sermashaqqat bo‘lgan, negaki temir misdan ko‘ra ancha yuqori haroratda (1500°C) eriydi. Ammo temir mis va bronzaga nisbatan qattiqroq edi.

Temirdan birinchi bo‘lib Kichik Osiyoda- gi xettlar (mil. avv. XIV–XIII asrlar), so‘ngra qo‘shni mintaqalardagi (Mesopotamiya, Eron, Kavkazorti) xalqlar foydalana boshlaganlar. Temir buyumlarning tarqalishi sekinlik bilan borgan.
Sof temir tabiatda kamyob metal bo‘lgani uchun undan dastlab zeb-ziynat buyumlari yasashda foydalanishgan. Shunday buyum- lar Misr fir’avni Tutanxamon maqbarasidan va Kavkazdagi Maykop qo‘rg‘oni yodgorligidan topilgan.
Mehnat qurollarining temirdan yasalishi eng avvalo, dehqonchilikning rivojiga ta’sir qildi. Temir omoch va boltalar paydo bo‘ldi. Bu mehnat qurollari katta maydonlarda dehqon- chilikning rivojlanishiga imkon yaratib berdi.
Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda te- mirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osiyodan ham topilgan.


Temir qurollarning keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu esa ishlab chiqarishning yanada rivojlanishiga zamin yaratdi.

Qabila-urug‘ oqsoqollarining ta’siri tobora kuchaya borgan. Doimiy harbiy to‘qnashuvlar sharoitida qabilalar ittifoqlari paydo bo‘ldi. Bu ittifoqlarga harbiy sardorlardan saylangan kishilar rahbarlik qilganlar, jamiyat esa harbiy demokratiya tamoyillari asosida yashay bosh- ladi. Temir asri boshlarida O‘rta Osiyoda aholi to‘rtta guruhga bo‘lindi: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar.

O‘rta Osiyo jamiyati asosini tashkil et- gan «nmana» – katta patriarxal oilasi ha- qida «Avesto»dan bilamiz. Bir necha «nma- na»lar urug‘ jamoasi – «vis»ni tashkil etgan. Hududiy qo‘shnichilik jamoasi esa «varzana» deb nomlangan. Bunday jamoalar qabilaga –
«zantu»ga birlashgan. O‘z hududini himoya qilish uchun bir qancha qabilalar ittifoqqa – «dax’yu»ga uyushishgan. O‘rta Osiyoda temir asriga o‘tish davrida jamiyatning tuzili- shi shunday bo‘lgan.


Tarix 6-sinf kitobidan

Mundarija


Uzpedia.uz