Qadimgi tarix – taraqqiyotning boshlanishi





Insoniyatning qadimgi tarixini turli ixtisosdagi olimlar o‘rganadilar. Arxeologlar qadim zamonlardaodamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar.
Antropologlar qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasi- ni tiklaydilar va rivojlanishini o‘rganadilar.
Etnograflar qadimgi odamlarning ko‘pgina udumlari, hozirda mavjud qabilalar va elatlar- ning qadimdan saqlab qolgan xo‘jalik va madaniy an’analarini o‘rganadilar.


Biz o‘lkamizning qadimgi tari- xini qanday o‘rganamiz? O‘l- kamiz qadimgi tarixining keng o‘rganilgan manbalari arxe- ologlar tomonidan topilgan moddiy manbalardir. Mehnat qurollari, sopol idishlar, qurol-aslahalar, zeb-ziynat buyumlari, xullas, qadimda inson qo‘li bilan yaratilgan hamma narsalar shular jumlasiga kiradi.

Yozma manbalar topilishi bilan olimlarga qadimgi ming yilliklar tarixini tiklash oson- lashdi. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadim- gi yozma manba zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»dir. Unda yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari – Baqtriya, So‘g‘d, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi.
Qadimgi davr tarixiga doir yana bir yozma manba Behistun qoyasidagi yozuvlardir. Be- histun qoyalari Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida joylashgan.
Fors shohi Doro I buyrug‘i bilan qoyaga o‘yib yozilgan yozuvlarda, Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya sanab o‘tiladi.
Miloddan avvalgi V asrda qadimgi yunon tarixchisi Gerodot turli mamlakatlarga sayohat qilib to‘qqiz kitobdan iborat «Tarix» asarini yozdi. Unda o‘lkamizning qadimgi aholisi to‘g‘risida ham ma’lumotlar beriladi.
Miloddan avvalgi I asr oxirlarida qadimgi yunon tarixchisi va geografi Strabon «Geo- grafiya» nomli asarida O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar keltiradi.
Milodiy I asrda qadimgi Rim tarixchisi Kvint Kursiy Ruf «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli asarni yozib, makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma’lumotlarni keltirgan.
Milodiy II asrda yunon tarixchisi Arrian ham
«Aleksandrning harbiy yurishlari» («Aleksandr anabasisi») deb nomlangan asar yozgan.
Ushbu manbalar, shuningdek, keyinchalik yaratilgan ilmiy ishlar tufayli olimlar yurtimiz- ning qadimiy tarixini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldilar.

Geografik jihatdan O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi ancha katta hududni egal- laydi. Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i, Farg‘ona, Zarafshon vodiy- lari va Surxondaryo vohasi o‘zining serhosil- ligi va iliq iqlimi tufayli uzoq qadimdayoq obod bo‘lgan. Qulay geografik joylashuvga ega bu zamin Sharq va G‘arb mamlakatlarini bog‘lab turgan. Bunda O‘zbekistonning qadimgi sha- harlari orqali o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
O‘zbekiston kishilik madaniyati tarixining eng qadimgi maskanlaridan biridir.
Bu yerda mahalliy aholi qadimgi zamon- lardan boshlab yashagan. Daryolar vohalari bo‘ylab muhim savdo yo‘llari o‘tgan. Olis o‘tmishda O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. Ko‘hna qadamjolarni qazish chog‘ida arxeologlar Hindiston, Eron va Mesopotamiya hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan.

Jahondagi barcha xalqlarning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan boshlangan Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilar- ning ibtidoiy to‘daga birlashuvi bo‘lib, bu to‘da o‘zida eng qadimgi odamlarning katta jamoa- sini mujassam etgan

Ibtidoiy to‘da asta-sekinlik bilan qarindosh- larning alohida uyushmasiga – urug‘ jamoasi- ga aylana borgan

Dastlabki urug‘ jamoalari ayol kishi, ya’ni ona atrofida jipslasha boshlagan. Insoniyat tarixidagi bu bosqich ona urug‘i davri – matri- arxat deb ataladi.
Ancha keyinroq, mehnat qurollari va xo‘ja- lik yuritish shakllari takomillashgani sayin ja- moadagi yetakchilik mavqeyi asta-sekin erkak kishiga o‘ta boshladi, endi u urug‘ga sardor bo‘lib qoldi. Olimlar insoniyat tarixidagi bu davrni patriarxat – ota urug‘i davri – deb ata- shadi. Patriarxat bilan eng qadimgi urug‘chilik tuzumi ham yakunlanadi.
Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani tufayli arxeo- loglar insoniyat tarixining boshlanishini «tosh davri» deb atashadi. Tosh davri ancha uzoq davom etgan, shuning uchun ham uni quyida- gi bosqichlarga ajratishadi, jumladan: – qadimgi tosh davri – paleolit (yunoncha
«paleos» – «qadimgi» va «litos» – «tosh» so‘zlaridan);
– o‘rta tosh davri – mezolit («mezos» –
«o‘rta»);
– yangi tosh davri – neolit («neos» –
«yangi»);
– mistosh davri – eneolit (lotincha
«eneus» – «mis» va yunoncha «litos» –
«tosh»).




Tarix 6-sinf kitobidan

Mundarija


Uzpedia.uz