Eneolit va bronza davri




Neolit davrining oxirida odamlar misdan foydala- nishga, undan mehnat qurollari yasashga o‘tishdi.

Misdan yasalgan mehnat qurollarining tosh qurollar bilan birgalikda ishlatilish davri eneolit – mis-tosh asri deb ataladi. Bu davr mil. avv. 4 – 3- ming yillikning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma’naviy madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Mil. avv. 4-ming yillikda Qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vujudga kela boshladi.
O‘rta Osiyo janubida sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi, xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi.

Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va o‘simlik naqshlari (yaproqlar, gullar) bilan bezatila boshlandi.

Odamlar misni eritib, qalay, qo‘rg‘oshin yoki rux bilan qo‘shib, bronza olishni o‘rganganlar. Bronza misdan ko‘ra ancha qattiqligi tufayli mil. avv. 3-ming yillik o‘rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar va zeb-ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy ashyoga aylanib qoldi.

Bronza mehnat qurollariga ega bo‘lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin maydonlarini kengaytirish im- konini qo‘lga kiritdi. Natijada ular ixtiyorida or- tiqcha miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlari vujudga keldi. Chorvachilik asta-sekin deh- qonchilikdan ajralib chiqa boshladi.

Tarixning ko‘p davrlari davomida uruq‘ jamoasidagi muhim ishlar ayollar

zimmasida bo‘lib (bolalarni tarbiyalash, ovqat tayyorlash, hayvon terilarini tozalash, kiyim- bosh tayyorlash), jamoada ularning, ayniq- sa, yoshi katta ayollarning mavqei erkaklarni- kiga nisbatan ancha baland bo‘lgan.
Omoch bilan yer haydab, ziroatchilik qilish, chorvachilik, hunarmandchilikning vujudga ke- lishi natijasida urug‘ni yetarli mahsulotlar bilan ta’minlash erkaklar qo‘liga o‘tdi. Uy xo‘jaligi yumushlari ayollar zimmasida qoldi.
Endi urug‘chilik oilasida erkaklar muhim o‘rin tuta boshladi. Qarindoshchilik erkaklar tomonidan belgilanadigan bo‘ldi va patriar- xat davri boshlandi. Oila ota tomonidan ya- qin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topadigan bo‘ldi.

Mil. avv. 3-ming yillik oxirla- ri – 2 ming yillikka oid man- zilgohlardan biri Zarafshon daryosi havzasidagi Zamonbobo ko‘li yaqinidan topilgan (Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani). Xorazm vohasida ham bronza davriga oid manzilgohlar o‘rganilgan.
Arxeologlar Surxondaryo vohasidan qa- dimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo‘lgan Sopollitepani topishdi (Muzrabod tumani). Qazishmalar davomida bu yer- dan xom g‘ishtdan qurilgan uy-joylar, so- pol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan usta- xona qoldiqlari, shuningdek, yirik xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni topilgan.

Surxon vohasida (hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo‘lmagan joy) Jarqo‘ton man- zilgohi vujudga kelgan. Jarqo‘ton qurilishi ta- rixida ilk shahar alomatlari ko‘zga tashlanadi. U ikki qismdan iborat bo‘lgan: qal’a va uning atrofida jamoa a’zolari bo‘lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan. Jarqo‘tonda ibodatxona qoldiqlari topilgan.
Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilik- ni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlarini yasash, qurilish sohasida katta yutuqlarga erishgan. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g‘ildirakni kashf etdilar. Shu tariqa dastlabki aravalar vujudga kelgan.




Tarix 6-sinf kitobidan

Mundarija


Uzpedia.uz