Yevrosiyo hududining tabiiy geografik o‘lkalarga




Yevrosiyo materigining kattaligi va geografik o‘rni materik tabiatining xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Odatda, materik tabiatining xilma-xilligi uning hududiy bo‘linishiga asos bo‘ladi.

Tabiiy geografik rayonlashtirish deganda, materiklarni birbiridan tabiiy sharoiti bilan farq qiladigan muayyan qismlarga ajratish jarayoni tushuniladi. Yevrosiyo materigi tabiatini hududiy farqlariga ko‘ra rayonlashtirganda ham kenglik zonalligi, ham balandlik mintaqalanishiga va uzoqlik bo‘yicha ta’sir etadigan omillarga e’tibor beriladi.

Yevrosiyo materigida bir-birlaridan hududiy farq qiladigan ko‘plab yirik va kichik o‘lkalar ajratilgan. Yevrosiyo hududi Shimoliy Yevropa, O‘rta Yevropa, Janubiy Yevropa, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir, Sharqiy Sibir, Uzoq Sharq, Janubig‘arbiy Osiyo, Old Osiyo, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo, Janubi-sharqiy Osiyo kabi 14 ta yirik tabiiy geografik o‘lkalarga bo‘lingan (23rasm).

O‘zbekiston joylashgan O‘rta Osiyo o‘lkasi o‘zining takrorlanmas tabiati bilan alohida ajralib turadi. O‘rta Osiyo tabiatini atroflicha o‘rgangan rus olimi I. V. Mushketov „Turkiston“ nomli kitobida bu o‘lkani „Yevrosiyo materigining ichidagi o‘ziga xos noyob tabiatli go‘zal materikdir“, deb baho bergan. O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiati haqida 7sinfda bilib olasiz.


Geografiya 6-sinf kitobidan

Mundarija


Uzpedia.uz