Materiklar va okeanlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi




Yer va litosferaning paydo bo‘lishi. Olimlarning ta’kidlashicha, Quyosh sistemasi va Yer Koinotda harakatlanayotgan changsimon zarrachalar birikishidan hosil bo‘lgan. Bunday fikrni dastlab fransiyalik olim R. Dekart 1644yilda, keyinchalik germaniyalik faylasuf I. Kant 1755yilda va fransiyalik olim R. S. Laplas 1796yilda aytishgan. Shuning uchun bu giðoteza Dekart-Kant-Laplas giðotezasi deb ataladi.

Litosfera va yer po‘sti yer ichki moddalarining saralanishi natijasida hosil bo‘lgan. Qizigan holatdagi yerning yengil moddalari tepaga ko‘tarilgan, og‘ir moddalari esa pastga cho‘kkan. Oqibatda nisbatan yengil va qattiq litosfera (yunoncha, tosh qobiq) hamda yer po‘sti, mantiya va yadro tarkib topgan.

Materiklar va okean botiqlarining paydo bo‘lishi. Materik va okean botiqlarining paydo bo‘lishi haqida ko‘plab giðotezalar (ilmiy taxminlar) yaratilgan bo‘lsa-da, olimlar hanuz bir yechimga kelmadilar. Shunday giðotezalardan biri mobilizmdir. Mobilizm (yunoncha, siljiydigan, harakatlanadigan) giðotezasini 1912yilda nemis geologi A. Vegener ishlab chiqqan. Lekin undan deyarli 9 asr avval vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048) materiklarning siljishi haqida shunday degan: „Qit’alar go‘yo suv sathida suzib yurgan daraxt barglari singari bir-biri tomon yaqinlashib yoki uzoqlashib, sekin harakatda bo‘ladi“. Beruniyning bu fikri mobilizm giðotezasi mohiyatining o‘zidir.

A. Vegener o‘z giðotezasini yaratishda Atlantika okeaniga tutashgan Janubiy Amerika va Afrika qirg‘oqlarining bir-biriga mos kelishiga asoslandi. Uning fikricha, taxminan 200 mln yil muqaddam Yer yuzida yagona Pangeya materigi va yagona Pantalassa okeani bo‘lgan. Keyinchalik Pangeya ikkita yirik materikka: Lavraziya va Gondvanaga, Pantalassa esa Paleotinch va Tetis okeanlariga ajralgan. O‘z navbatida, 65 mln yil avval Lavraziyadan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo, Gondvanadan esa Afrika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Amerika materiklari ajralib chiqqan. Ular oralig‘ida hozirgi okeanlar tarkib topgan.
B.
Litosfera plitalari tektonikasi. 1968yilda amerikalik bir guruh olimlar (L. R. Sayks, J. Oliver va b.) yangi mobilizm, ya’ni „litosfera plitalari tektonikasi“ giðotezasini e’lon qilishdi. Bu Beruniy, Vegener g‘oyalari asosida yaratilgan eng so‘nggi, mukammal giðotezadir. Okean tubi tadqiqotlari, kosmik tasvirlar tahlili, aniq geodezik o‘lchovlar va boshqa manbalardan olingan yangi ma’lumotlar natijasida litosfera plitalarining turli tomonga, har xil tezlikda harakatlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga yuqori mantiya va astenosfera qatlamlaridagi moddalarning uyurmali harakati sababdir .

Mantiya moddalarining yuqori tomonga harakatlanishi natijasida litosfera plitalari bir-biridan uzoqlashadi. Natijada o‘rta okean tizmalari paydo bo‘lib, bazaltli okean po‘sti kengayadi. Bu hududda darz (rift)lar, yer yoriqlari, harakatdagi vulqonlar mavjud hamda kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. Kengayish hodisasi Afrika yer yorig‘i, Baykal ko‘li, Qizil dengiz va boshqa joylarda ham kuzatilgan.

Fan-texnika taraqqiyotining yangi ma’lumotlari asosida materiklar va okeanlarning vujudga kelishi haqida yanada mukammalroq giðotezalar yaratilishi mumkin. Hozircha litosfera plitalari tektonikasi giðotezasi ko‘pchilik tadqiqotchi olimlar tomonidan tan olingan.


Geografiya 6-sinf kitobidan

Mundarija


Uzpedia.uz