Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi“ kursida nimalar o‘rganiladi?




Yer yuzida yashaydigan kishilar hayoti tabiatga juda bog‘langan. Inson o‘ziga kerakli bo‘lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Odamlar o‘zlariga kerakli bo‘lgan narsalarni tabiatdan olish uchun mehnat qilishadi. Insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida Yer yuzi tabiatida o‘zgarishlar, ba’zan zararli o‘zgarishlar ro‘y beradi, tabiat ifloslanadi. Bularning oldini olish uchun Yer yuzining turli joylarida va butun geografik qobiqda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish kerak.
Buning uchun esa sayyoramizning butun tabiatini, materiklar va okeanlarni, tabiat komplekslarini, ularda ro‘y bera- yotgan tabiiy va inson ta’siridagi jarayonlarni bilishingiz zarur. Siz bu bilimlarni qo‘lingizdagi darslikdan o‘rganasiz.
Darslik mazmunan to‘rtta bo‘limdan iborat. Bular so‘zboshi, geografik qobiq, okeanlar tabiati, materiklar tabiatidan iborat. Birinchi bo‘limda darslikda nimalar o‘rganilishi, darslikning qisqacha mazmuni, atamalar, geografik xaritalar, atlaslar, globuslar haqida ma’lumot beriladi.

Ikkinchi bo‘limda geografik qobiqning xususiyatlari, chegaralari, rivojlanish qonuniyatlari, vertikal va gorizontal tuzilishi to‘g‘risida fikr bildirilgan.
Uchinchi bo‘limda Dunyo okeanining qismlari va ularning materiklar tabiatiga ta’siri, Dunyo okeani tabiati, jahon xo‘jaligida tutgan hozirgi va istiqboldagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.

To‘rtinchi bo‘limda materiklarni o‘rganish jarayonida mashhur dengizchilar, kashfiyotchi sayyohlar haqida, materiklarning ta- biati, materik va orollarda qanday xalqlar yashashi va hokazolar haqida ma’lumotlar olasiz.
Materiklar, okeanlar va ularning tarkibiy qismlari. Geografik qobiq eng yirik tabiat kompleksidir. U tabiiy geografiyaning


1- rasm. Geografik qobiq — tabiiy geografiyaning o‘rganish obyekti.
o‘rganish obyekti bo‘lib, uning tarkibiy qismlari — materik va okeanlar ham alohida tabiat komplekslari hisoblanadi (1- rasm). Qadimdan Yer yuzini ikkita yirik muhitga bo‘lishgan: suvli muhit va quruqlik muhiti. Suvli muhit yaxlit, shuning uchun
uni Dunyo okeani deb atashgan.
Materik — tektonik tuzilishiga ko‘ra bir butun yirik qu- ruqlikdir. Yer yuzida oltita materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shi- moliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya. Materiklarni o‘rganish Afrikadan boshlanadi. Chunki u tabiati- ning barcha xususiyatlariga ko‘ra takrorlanmas hamda o‘ziga xos bo‘lgan materikdir. So‘ng Avstraliya, Antarktida, Janubiy Ame- rika, Shimoliy Amerika va Yevrosiyo ketma-ket o‘rganiladi. Shuningdek, Yer yuzi oltita qit’a — Afrika, Avstraliya, Antark- tida, Amerika, Yevropa va Osiyoga ajratilgan. Qit’a — kishilik jamiyatining taraqqiyoti davomida tarkib topgan tarixiy-mada- niy tushunchadir.
Okeanlar. Dunyo okeanining materiklar oralig‘idagi qism- lari okean deyiladi. Dunyo okeani to‘rt qismga bo‘linadi: Tinch okean (180 mln kv km), Atlantika okeani (91 mln kv km), Hind okeani (76 mln kv km) va Shimoliy Muz okeani (14 mln kv km). Olimlar beshinchi Janubiy okeanni ham ajratadilar. Dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘izlar okeanlarning kichik qismlaridir.

Qirg‘oq chizig‘i. Okean yoki dengiz yuzasi bilan quruqlik yuzasi tutashgan chegara qirg‘oq chizig‘i deyiladi.


Geografiya 6-sinf kitobidan

Mundarija


Uzpedia.uz