Avstraliyaning geografik o‘rni, o‘rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi
AVSTRALIYA VA OKEANIYA
Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past, eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo‘riqxonasi, o‘rtasidan janubiy tropik chizig‘i o‘tadi, evkaliðt daraxti vatani (bo‘yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60 %) jihatidan birinchi o‘rinda, yagona davlat — Avstraliya Ittifoqi bor, aholisining deyarli yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi. Maydoni — 7 mln 659 ming kv km.
Geografik o‘rni. Avstraliya (lotincha „australius“ — janubiy) to‘liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g‘arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o‘rab turadi. Maydonining kichikligiga ko‘ra unga materik-orol nisbatini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan.
O‘rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib Avstraliya quruqligiga qadam qo‘ygan kishi niderlandiyalik Uilyam Yanszondir. U 1606yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo‘lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, niderlandiyalik A. Tasman va boshqalar materikni o‘rgandilar.
Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o‘tmishda Gondvana materigining bir qismi bo‘lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo‘lagidir. Platformaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g‘arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg‘ich tizmasi gersin tog‘ burmalanishida ko‘tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya — materik orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo‘q. Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida temir, mis, qo‘rg‘oshin, rux, uran rudalari, qalay, oltin, platina kabi rudali qazilmalar joylashgan. Cho‘kindi jinslar bag‘rida fosforit, osh tuzi, toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir, neft, tabiiy gaz tarkib topgan. Avstraliya temir va rangli metallar (boksit, qo‘rg‘oshin, rux, nikel) hamda uran zaxiralari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina qazilma boyliklar yer yuzasiga yaqin joylashgan. Shu bois, ular arzon — ochiq usulda qazib olinadi. Avstraliya — rux, qo‘rg‘oshin va kumush qazib chiqarishda dunyoga mashhur. Relyefi. Materikning 95 % hududi pasttekislik va yassi tog‘liklardan, 5 % i tog‘lardan iborat. Avstraliya relyef tuzilishiga
ko‘ra uch qismga ajraladi. Birinchisi, G‘arbiy Avstraliya yassi tog‘ligidir. U yassi tog‘lik va baland tekisliklardan iborat (atlasga qarang). Nurash natijasida yemirilib, pasayib qolgan balandliklar va qoldiq tog‘lar ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bunga yassi tog‘liklar ustidan baland ko‘tarilib turgan Makdonnell (Zil cho‘qqisi — 1 510 m) va Xamersli (Brus cho‘qqisi — 1 226 m) tog‘lari misol bo‘ladi. Kelib chiqishiga ko‘ra ularni palaxsali tog‘lar guruhiga kiritish mumkin.
Ikkinchisi, Markaziy pasttekislik bo‘lib, u materikning eng past va yassi tekisliklaridan iborat. Ular dengiz va daryo yotqiziqlaridan tuzilgan. Tekislikning mutlaq balandligi 100 m dan oshmaydi. Materikning eng past joyi (Eyr-Nord ko‘li, –16 m) ham shu yerda. U Markaziy havza deb ham ataladi. Markaziy pasttekislikning shimolida Karpentariya tekisligi bor. Markaziy havzada toshloq quruq vodiylar — kriklar ko‘p uchraydi. Eng kattalari Kuper-krik va Eyr-kriklardir. Bu joylar kriklar o‘lkasi deb ataladi. Materikning sharqida uzoq masofaga cho‘zilgan uchinchi tog‘li qismi — Katta Suvayirg‘ich tizmasini hosil qiladi. Bu tizmaning eng baland joyi janubiy qismidagi Avstraliya Alp tog‘lari (Kossyushko cho‘qqisi, 2 228 m) hisoblanadi. Tektonik yoriqlar, daralar va daryo vodiylari tog‘larni alohidaalohida massivlarga bo‘lib yuborgan.
Iqlim xususiyatlari. Avstraliyaning geografik o‘rni, havo massalari, okean oqimlari, relyefi materik iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini shakllantirgan. Shunga ko‘ra, Avstraliya Yerimizdagi eng qurg‘oqchil materik hisoblanadi. Uning hududida Afrikaga nisbatan besh baravar kam yog‘in yog‘adi. Bu yerda quruq tropik iqlim tiði hukmronlik qiladi. Shuning uchun materikning markaziy va g‘arbiy qismlarida yog‘ingarchilik juda kam bo‘ladi. Okeandan esadigan janubi-sharqiy passatlar Katta Suvayirg‘ich tizmasining sharqiy yonbag‘irlariga yog‘in keltiradi.
Iqlim mintaqalari. Avstraliya materigida to‘rtta iqlim mintaqalari tarkib topgan. Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning 20° j. k. gacha bo‘lgan hududlarini egallaydi. Yozda (dekabr-fevral) ekvatorial havo massalari ko‘p yog‘in keltiradi (800 — 2 000 mm). Qishda (iyun-avgust) esa tropik havo massalari hukmronlik qiladi va havo quruq bo‘lib, yog‘in kam yog‘adi. Bu mintaqada o‘rtacha havo harorati yozda +24 °C, qishda esa 16 — 24 °C ni tashkil etadi.
Tropik iqlim mintaqasi katta maydonni egallaydi. Oldingi mintaqa singari ko‘p quyosh radiatsiyasini oladi. Ikkita iqlim tiði shakllangan. 1. Quruq tropik iqlim tiði, tekislikni egallaydi, yog‘in kam (100 — 500 mm), yillik havo harorati 30 — 32 °C.
2. Nam tropik iqlim mintaqasi, Tinch okean sohilida tarkib topgan, yog‘in ko‘p (2 000 mm gacha), yillik harorati 16 °C.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini va Tasmaniya orolining shimoliy sohil bo‘ylarini qamrab oladi. Bu mintaqada uchta iqlim tiði hosil bo‘lgan. G‘arbdan sharqqa tomon dastlab O‘rta dengiz subtropik iqlim tiði (yog‘in 300 — 1 000 mm), so‘ngra kontinental (yog‘in 100 — 500 mm) va
janubi-sharqiy qismida nam subtropik iqlim tiðlari (yog‘in 2 000 — 3 000 mm) mavjud. Tasmaniya oroli g‘arbiy shamollar ta’sirida bo‘lib, mo‘tadil iqlim mintaqasi asosiy qismini egallaydi (yog‘in 500 — 2 000 mm, harorat qishda +8 °C, yozda
+16 °C).
Ichki suvlari. Materikning katta qismi quruq tropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq o‘zanlari kriklar deb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyonda yog‘adigan yomg‘irlardan keyin paydo bo‘ladi va tez orada qurib qoladi. Yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadigan daryolar Avstraliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg‘irdan va yerosti suvlaridan to‘yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo tizimi — Murrey va uning yirik irmog‘i Darlingdan iborat. Avstraliyada kichik oqmas ko‘llar ko‘p. Ular juda sho‘rlangan. Ko‘llar ichida eng yirigi Eyr-Nord ko‘li, uning maydoni suv bilan to‘lgan paytda 15 ming kv km ga yetadi. Eyr-Nord okean sathidan 16 m pastda joylashgan.
Tabiat zonalari. Avstraliya maydoniga ko‘ra qiyoslansa, cho‘l
zonasi egallagan hududlar bo‘yicha birinchi, o‘rmonlar maydoniga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat zonalari tarkib topgan. Fasliy nam doimiy yashil o‘rmonlar materikning shimoli-sharqiy sohillarini egallaydi. Daraxtlardan palma, lavr, daraxtsimon paporotniklar, evkaliðtlar ko‘p uchraydi. Tropik o‘rmonlarda xaltali ayiq — koala, lirodum, kenguru, xaltali iblis, o‘rdakburun, yexidna, rang-barang to‘tilar, qushlar yashaydi (14rasm). Savannalar materikning shimoliy, sharqiy qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Savannalarda siyrak o‘rmonlar (evkaliðt, akatsiya, kazuara, butilkasimon daraxtlar), o‘t hamda buta o‘simliklar mavjud. Bu zonada kenguru, vombatlar (xaltali kemiruvchilar), xaltali chumolixo‘r, suv havzalarida qushlar ko‘p.
Cho‘l zonasi materikning ichki qismida katta hududlarni
egallaydi. Bu zonada efemer o‘simliklar bilan birga doimiy
yashil butazorlar (asosan, evkaliðt, akatsiyadan iborat) o‘tib bo‘lmas changalzorlarni — skreblarni hosil qiladi. Bu zonada gigant kengurular, vombatlar, yexidna, dingo iti, emu tuyaqushi, zaharli ilonlar, mali — inkubator tovug‘i va kemiruvchilar yashaydi.
Eng janubdagi subtropik iqlim mintaqasidagi tabiat zonalari hududiy xususiyatga ega. Materikning g‘arbiy qismida qattiq bargli o‘rmonlar va butalar (asosan, evkaliðtlar), janubi-sharqida evkaliðt o‘rmonlari, undan janubda doimiy yashil dub (eman)lar o‘sadi. Avstraliya Alp tog‘larida balandlik mintaqalari mavjud. Tasmaniya aralash o‘rmonlar bilan qoplangan.